O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2021 yil 1 iyundagi tegishli qaroriga asosan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni taʼsis etilib, uni yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishda samarali natijalarga erishgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, chet eldagi vatandoshlar taqdirlanishi ko‘zda tutildi.
30 iyul— Xalqlar do‘stligi kuni arafasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha monitoring va huquqiy tahlil sektori mudiri Aydarov Gabit Temurovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Ombudsman jamoasi Aydarov Gabit Temurovichni qilgan xizmatlarining munosib eʼtirofi bilan tabriklab, keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati