Ombudsmanga mazkur muassasada saqlanayotgan mahkumning onasi tomonidan yuborilgan murojaatda uning o‘g‘li qiynoqqa solinayotgani va kaltaklanayotgani qayd etilgan. Mazkur murojaat egasining o‘g‘li bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilganda, unga nisbatan jismoniy qiynoqlar qo‘llanilmagani, lekin haqoratli so‘zlar aytilgani maʼlum bo‘ldi. Uning tanasida ham qiynoq alomatlari topilmadi.
Tashrif davomida mahkumlardan batafsil tushuntirishlar olinib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Monitoringda manzil-koloniyasida mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan yotoq xonalari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv joylari, yuvinish xonalari va kutubxonalaridagi shart-sharoitlar ham o‘rganildi.
Shu bilan birga, hozirgi kundagi sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib,manzil-koloniyadagiSOVID-19 virusi bilan kasallangan mahkumlar uchun mo‘ljallangan karantin zonasi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan huquqlarini taʼminlash yuzasidan koloniya rahbariyatiga ko‘rsatmalar berildi.
Ombudsman tomonidan qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan monitoring tashriflari davom ettirilmoqda. Mahkumning qiynoqqa solinganligi haqidagi murojaati yuzasidan monitoringo‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ–163-sonli Qaroriga muvofiq joriy yilning 3avgust kuni Toshkent viloyatidagi 44-sonlimanzil-koloniyasida Ombudsman Kotibiyatining Qiynoqqa solish holatlarining oldini olish sektorixodimlari tomonidanmonitoring tashrifi o‘tkazildi.
Ombudsmanga mazkur muassasada saqlanayotgan mahkumning onasi tomonidan yuborilgan murojaatda uning o‘g‘li qiynoqqa solinayotgani va kaltaklanayotgani qayd etilgan. Mazkur murojaat egasining o‘g‘li bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilganda, unga nisbatan jismoniy qiynoqlar qo‘llanilmagani, lekin haqoratli so‘zlar aytilgani maʼlum bo‘ldi. Uning tanasida ham qiynoq alomatlari topilmadi.
Tashrif davomida mahkumlardan batafsil tushuntirishlar olinib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Monitoringda manzil-koloniyasida mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan yotoq xonalari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv joylari, yuvinish xonalari va kutubxonalaridagi shart-sharoitlar ham o‘rganildi.
Shu bilan birga, hozirgi kundagi sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib,manzil-koloniyadagiSOVID-19 virusi bilan kasallangan mahkumlar uchun mo‘ljallangan karantin zonasi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan huquqlarini taʼminlash yuzasidan koloniya rahbariyatiga ko‘rsatmalar berildi.
Ombudsman tomonidan qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan monitoring tashriflari davom ettirilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati