O‘tkazilgan profilaktik tadbirda mahkumlarga hayotimizga yangidan joriy qilingan ID-kartalarning ahamiyati, ularni rasmiylashtirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida kerakli maʼlumotlar berildi. Unda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotganlar, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha xodimlari tomonidan javob olishdi. Shundan so‘ng ID-karta uchun suratga olish, maxsus moslamaga elektron imzo va barmoq izlarini joylash amaliyoti bajarildi.
Ushbu tashabbus bilan maʼlum sabablarga ko‘ra, fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan 376 nafar mahkumga ID-kartalar topshirilishi ko‘zda tutilgan. Qonun normalarida, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilganlar saylovda ovoz berish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Yangi ID-kartalariga ega bo‘lgan mahkumlar muhim siyosiy jarayon, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati