Fuqaro murojaati o‘rganiladigan bo‘ldi
Fuqaro Oybek Salayevning Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali yo‘llagan murojaati bo‘yicha masalaga oydinlik kiritish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq, Ombudsman masʼul xodimi murojaatchiga aloqaga chiqib, murojaat holatini o‘rgandi. Shundan so‘ng, murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni yuborishni so‘radi va fuqaro tomonidan barcha hujjatlar Ombudsmanga yuborilganidan so‘ng, murojaat mazmunan ko‘rib chiqilishi tushuntirildi.
Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan, vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini buzgan harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati