Aniqlanishicha, ushbu muassasa 2000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda unda 845 nafar mahkum saqlanmoqda.
Monitoring davomida 3-son JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning yashash va ovqatlanish sharoitlari bilan tanishilganda, mahkumlar yotoqxonalari taʼmir talab ekani, muassasa oshxonasi taʼmirlanayotganligi sababli mahkumlarga ovqat tayyorlashda gigiyena qoidalariga amal qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mahkumlarning mehnat sharoitlari o‘rganilganda kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi. Aniqlanishicha, mahkumlarning 60% ish bilan taʼminlangan. Qolgan katta yoshdagi va betob mahkumlar esa ishga jalb qilinmayotgani aytildi.
O‘rganish davomida 10 nafar mahkum bilan yakkama-yakka tarzdagi suhbatlar va jamoaviy uchrashuv o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari
bo‘yicha vakil (ombudsman) Matbuot xizmati