Huddi ota-onalarimizdek bizga g‘amxo‘r, kelajakda yuqori cho‘qqilarni egallashimizga, to‘siqlarni yengishga, doim olg‘a intilishga hamda o‘qish va izlanishdan to‘xtamaslikka undovchi ustozlarimiz bor ekan, kelajak avlod har tomonlama yetuk va barkamol, maʼnan va axloqan pok, vatanparvar bo‘lib yetishadi. Zero, Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir”.
Yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli va masʼuliyatli kasbni egallagan barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Ushbu qutlug‘ kunda Siz aziz ustozlarga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik hamda sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
“1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” muborak bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi