Muloqotda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), Bosh prokuror o‘rinbosari, Oliy sud raisi o‘rinbosari, Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan sohada amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot berildi.
Tadbirda Ombudsman Feruza Eshmatova Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samarasi, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasining qabul qilingani hamda Milliy preventiv mexanizm doirasida qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha yopiq muassasalarga uyushtirilgan monitoring tashriflari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati hamda ularning inson huquqlarini taʼminlashdagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratdi.
Muloqot davomida mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Matbuot xizmati