Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali “Adirobod” QFYda joylashgan sobiq QVP binosi oilaviy shifokorlik punkti sifatida qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Hozirda ushbu muassasada ishlovchi shifokor va potranaj hamshiralar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelishmoqda.
Ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo o‘rganilganda esa hozirda “Adirobod” QFY aholisiga markazlashgan ichimlik suvi grafik asosida berilishi, ushbu mahalladagi yangi qurilgan xonadonlar ichimlik suvini tashib isteʼmol qilishlari maʼlum bo‘ldi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida “2021-2025 yillarga mo‘ljallangan tuman markazlari kesimida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturining yig‘ma parametrlari” hamda Jizzax viloyat Xalq deputatlari Kengashining tegishli qaroriga asosan “Adirobod” QFYga jami 1176,0 mln so‘m mablag‘ ajratilishi hisobiga 2 km yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish bo‘yicha 2022 yil dasturiga takliflar kiritildi.
Qishloq fuqarolar yig‘inidagi gaz muammosi o‘rganilganda, bu joy tabiiy gaz yetkazib berish qiyin xududlar bo‘lgani sababli, ushbu hudud suyultirilgan gazga moslashtirilgani hamda “Zarbdortumangaz” taʼminoti bo‘limi tomonidan aholi suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinayotgani aniqlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati