2021 yil 24 oktyabr kuni saylov komissiyasi aʼzolari va siyosiy partiya kuzatuvchilari o‘z ishini soat 8:00da boshladi va ovoz berish jarayoni karantin talablariga qatʼiy rioya qilingan holda tashkil etildi.
Saylov uchastkasida jami 385 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, saylov kuni ularning barchasi o‘z siyosiy huquqlaridan foydalandi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakilining so‘zlariga ko‘ra, saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, monitoring davomida inson huquqlarining buzilish holatlari aniqlanmadi.
- Saylovchilarning yurt kelajagiga befarq emasligi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi, qilgan qilmishidan chindan pushaymonligi, ular uchun yaratilgan sharoitlardan mamnunligi shundoq sezilib turibdi. Bugungi kundagi sharoitlar avvalgilaridan tubdan farq qiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati