Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlarini taʼminlash borasidagi xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza ESHMATOVA Yevropa va Markaziy Osiyoda Human Rights Watch bo‘limi direktori Xyu Uilyamson, Markaziy Osiyo bo‘yicha katta ilmiy xodim Mira  Ritman  xamda  Markaziy Osiyo bo‘yicha ilmiy yordamchi Nursultan Abdilovlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Ombudsman mehmonlarni mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samarasi, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasining qabul qilingani, kabi qator yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zaro muloqot davomida mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)  Matbuot xizmati