Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: Хodimlarga oylik maoshlari o‘z vaqtida berilishi shart
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi fuqaro H.A. tomonidan ish haqi berilmayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Murojaat muallifining so‘zlariga ko‘ra,  “Jizzax suv taʼminoti” MCHJning Forish tumani  filiali xodimlariga uch oy davomida ish haqlarini bermasdan kelgan. Ishchilar oylik maoshlarini talab qilishganida esa tuman va viloyatdagi bosh hisobchilar tashkilot kredit olgani sababli shunday holat yuzaga kelgani tushuntiriladi.

Vaxolanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161 moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, hodimlarning uch oylik maoshlari to‘lab berildi. Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda ishchilarga ish haqlari muddatidan kechiktirilmagan holda to‘lanmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati