Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi 
Joriy yilning 15 noyabrь kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini oʼtkazdi.

50 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglangan Ombudsman qabulida ijtimoiy-moddiy yordam koʼrsatilishi, davlat organlarining baʼzi mansabdor shaxslarining xatti-harakatidan yoki harakatsizligidan norozilik, uy-joy boʼyicha nizoli holatlar, yer ajratish, firibgarlik hamda sud-tergov jarayonidagi baʼzi holatlar va boshqa masalalardagi murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularni oʼrganish va inson huquqlarini taʼminlash buyicha ishga kirishildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati