Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) bilan hamkorligi mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) eksperti Sebastian Shik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan asosiy islohotlar va Ombudsman faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Sebastyan Shik Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha yangi strategiyasi ishlab chiqilayotgani va shu munosabat bilan tomonlar o‘rtasida yana-da yaqinroq muloqot o‘rnatish muhimligini alohida taʼkidladi. Xususan, u energetika sohasidagi hamkorlikka to‘xtalib, uni  ikki mamlakat iqtisodiy hamkorlik strategiyasining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab, yaqin yillarda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyatini yana-da oshirishga umid bildirdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)  Matbuot xizmati