Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkumlar kasalxonasidagi fuqarolar qabulxonasi haqidagi xabarga rasmiy munosabat  
Joriy yilning 1 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda 17 noyabr kuni 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada uchrashuvga kelgan fuqarolar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani, xususan, hojatxonalarning yopiq holatda ekani bo‘yicha xabar tarqaldi.

Mazkur xabar Ombudsman tomonidan o‘rganilganda, fuqarolar uchun tashqi hududdagi hojatxonalar dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 ga qadar ochiq holatda bo‘lishi va tushlik vaqtida soat 13:00 dan 14:00 ga qadar u yerda tozalash ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.

Faqatgina haftaning yakshanba kunlari yo‘qlov, posilka, banderollar qabul qilinmasligi hamda uchrashuvlar rasmiylashtirilmaganligi sababli ular yopiq holatda bo‘ladi.

Shuningdek, kasalxona boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan, kasalxona boshlig‘ining o‘rinbosarlari hamda bosh shifokorlar tomonidan kunlik fuqarolarni qabul qilish jadvali tuzilgan. Unga ko‘ra,

Dushanba kuni – Kasalxona boshlig‘i podpolkovnik M.M.Ashurmetov;
Seshanba kuni – Kasalxona boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.U.Normuxamedov;     
Chorshanba kuni – Bosh shifokor mayor A.I.Fayziyev;
Payshanba kuni – Kasalxona boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.N.Abdullayev;
Juma kuni – Bosh shifokor o‘rinbosari mayor M.Sadirov;
Shanba kuni – Kasalxona boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik F.Z.Nadjimov.    

Hozirda kasalxonadagi fuqarolar qabulxonasiga kelganlar jadval asosida qabul qilinmoqda va ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati