Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Gender tengligini taʼminlash bo‘yicha Ombudsmanlar uchrashuvi o‘tkazildi
2021 yilning 9 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Xalqaro Inson huquqlari kuni arafasida Qozog‘iston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili “BMT - ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlikda gibrid shaklida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi.

“Gender tengligini taʼminlash va ayollar huquqlarini himoya qilishda  milliy inson huquqlari institutlarining ishtiroki” mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuvda  Ombudsman institutlari o‘zaro tajriba almashish hamda mavzuga oid xalqaro va mintaqaviy masalalarni hamkorlikda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tarafdan ishtirok etgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘z so‘zida mamlakatda gender tengligini taʼminlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganiga urg‘u qaratar ekan, amalga oshirilgan islohotlarning amaliy natijasiga to‘xtaldi.

F.Eshmatovaning so‘zlariga ko‘ra, qabul qilingan yangi tartiblar va amalga oshirilgan islohotlar natijasida yil sayin yuqori lavozimlarda ishlovchi ayollar soni ortib bormoqda. Raqamlarga murojaat qilsak, milliy parlamentdagi ayollar soni (32%) darajaga yetdi - bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat 190 mamlakat orasidan 37-o‘rinni egalladi. Xotin-qizlarning siyosiy partiyalardagi ulushi esa 44 foizga, oliy maʼlumotli xotin qizlar soni - 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida - 35 foizga yetdi. 81 ta vazirlik va idoralarda ilg‘or va bilimli ayollardan iborat 15 mingdan ziyod kadrlar zaxirasi shakllantirildi.

Tadbirda gender tenglik hamda ayollarning siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, davlat va jamiyat ishlaridagi o‘rnini kuchaytirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati