Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari bilan uchrashdi
2021 yilning 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzolari bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Rishard Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro muloqot davomida mamlakatda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar hamda Ombudsmanning 2021 yil 10 oylik faoliyati haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi tomonidan Ombudsman instituti “B” maqomga ko‘tarilganligi qayd etilib, yana-da yuqori maqomga erishish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati