Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
OMBUDSMANNING XORAZMDAGI MINTAQAVIY VAKILI 11-SON TERGOV HIBSXONASIDA MAHBUSLARGA YARATILGAN SHAROITLARNI O‘RGANDI
2021 yilning 14 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili (ombudsman) Xamro Bektemirov Urganch shahar 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Mintaqaviy vakil mahbuslarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish davomida mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda advokatlar va uchrashuv xonalarda yaratilgan sharoitlarni xalqaro standartlarga muvofiq ekanligi holatini o‘rgandi.

Shuningdek, tergov hibsxonasidagi, muassasada ushlab turilgan barcha shaxslar borishi mumkin bo‘lgan va videokamera obyektividan holi bo‘lgan joylarga o‘rnatilgan “Ombudsman qutisi”ga tashlangan murojaatlar ham o‘rganildi.

Muassasada saqlanayotgan murojaat egalari bilan yakka tartibda o‘tkazilgan uchrashuvlarda mahkum va mahbuslar tomonidan sud-tergov jarayonlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Monitoring davomida olingan barcha murojaatlar Mintaqaviy vakil nazoratiga olindi.

Yopiq muassasada saqlanayotgan shaxslar bilan o‘tkazilgan yakka tartibdagi va jamoaviy uchrashuvlarda ruhiy va jismoniy qiynoq holatlari, muassasa xodimlarining qo‘pol muomalada bo‘lishi yoki inson huquq va manfaatlariga xilof boshqa holatlar bo‘yicha hech qanday murojaatlar kelib tushmadi.

Qayd etish lozimki, Ombudsmanning Xorazmdagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyat bo‘ylab barcha harakat erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga tashkil etilayotgan monitoring tashriflari hech qanday ogohlantirishlarsiz to‘satdan amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati