Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman fuqaro murojaati yuzasidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani, Navro‘z MFYda yashovchi 25 yoshli fuqarodan murojaat kelib tushdi.

Ota-onasidan erta mahrum bo‘lgan va hozirda akasi qaramog‘ida yashayotgan fuqaro 2021 yilning 3 mayida Oltinsoy tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yo‘llanmasi asosida 3 oylik qisqa muddatli tikuvchilik kursini tamomlagan. Murojaat muallifining maʼlum qilishichaG.Sh.ning chin yetimligi va sharoiti og‘irligi hisobga olinmasdan 3 oydan beri stipendiya va tikuv mashinasi berilmagan.

Ushbu murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, Surxondaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasiga yuborilgan. Lekin murojaat ushbu boshqarma tomonidan atroflicha o‘rganilmagan, xususan, murojaatda ko‘rsatilgan masalalar Oltinsoy tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yaʼni, qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot va uning mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, javob xati yuzaki va umumiy maʼnoda yozilgan unda muammoni hal etish choralari ko‘rilmagan va qachon hal etilishi va boshqa masalalar ochiq qolgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Ombudsman tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdimnoma kiritildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati