Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Hujjatlarni soxtalashtirishni kasb qilgan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga “QANIYGELESTIRILGENQURILISMATERIALLARI” MCHJda o‘z mavqeini suiisteʼmol qilish holatlariga chek qo‘yilishida amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.

Murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish uchun tegishli organga yuborildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, haqiqatdan ham ushbu jamiyatning bir guruh mansabdor shaxslari mansab mavqeidan foydalanib, xodimlarning jamiyatda ishlamagan davrini ishlagan deb soxta maʼlumotlar tayyorlashgani va jami 182,9 mln so‘mlik jamiyat mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilishgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Nukus shahar bo‘limi tomonidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi, 2-qismi «b,v,g» bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati