Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hujjatlarning joylardagi ijrosi o‘rganildi
Joriy yilning 3 fevral kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor majlisida ishtirok etdi. Videoselektorda D. Ermatov - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri, A. Mutaliyev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh konsultanti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudirlari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudirlari mutaxassislari ishtirok etishdi.

Bolalar Ombudsmani bola huquqlarini taʼminlash borasida respublikada o‘tkazilgan o‘rganish natijalari haqida maʼruza qildi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Farmon va Qarorlarining joylardagi ijrosi holatlari, Bolalar masalasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari faoliyatini tashkil etish masalalari, Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 17 yanvardagi 26-son qarori ijrosi muhokama qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati