Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Qoraqolpog‘istondagi mintaqaviy vakili tadbirkor murojaatini ham ijobiy hal etdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga “NUKUSMERBANQURILIS” MCHJ direktori tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda yozilishicha, Nukus shahridagi 18-umumtaʼlim maktabi binosida kichik taʼmirlash ishlarini olib borish bo‘yicha “TURANIMARATQURILISMONTAJ” MCHJ o‘rtasida shartnoma tuzilgan.

Shartnomaga asosan 37 819 260 so‘mlik ishlar bajarilib, shu vaqtgacha pullarini o‘tkizib bermayotganligidan narozi bo‘lib murojaat qilgan.

Ushbu murojaaat mintaqaviy vakil tomonidan tegishli vakolatli organga yuborildi va natijada “NUKUSMERBANQURILIS” MCHJ hisobiga shartnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘lari to‘liq o‘tkazib berilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati