Uchrashuv davomida mahbuslar 7-son Tergov hibsxonasidagi shart-sharoitlaridan shikoyatlari yo‘qligi, advokatlari bilan uchrashuvlar moneʼliksiz tashkil etilayotganligini taʼkidlashdi.
Hibsda saqlanayotgan bir nafar fuqaro bo‘lib o‘tadigan sud jarayonida Ombudsman xodimlarining ishtirok etishini so‘radi. Fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, sud majlisida ishtirok etish bo‘yicha masʼul belgilandi.
Shuningdek, ayrim mahbuslar sud-tergov jarayonlarining borishi bo‘yicha murojaat qoldirdilar.
O‘tkazilgan monitoring tashrifi davomida mahkum va mahbuslarni yashash va ovqatlanish, mehnat qilish sharoitlari va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish kabi holatlar ham o‘rganildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati