Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Rasmiy munosabat
Xabaringiz bor, joriy yilda Ozodlikning YouTube kanalida va boshqa blogerlar tomonidan “Bog‘langan va “unutilgan”: Qarshi nogiron bolalar uyi kuzatuv kameralaridagi tasvirlar” nomli video tarqaldi.

Videoda Qarshidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uyining ahvoli, u yerda bolalarga bo‘layotgan qo‘pol munosabat ko‘rsatilgan.

Mazkur holat Bola huquqlari bo‘yicha vakil nazoratiga olinib, darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻbasiga ushbu holatni ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘rov xati yubordi.

Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga Bola huquqlari bo‘yicha vakil boshchiligida monitoring tashrifi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

O‘rganish natijalari bo‘yicha OAVga batafsil maʼlumot taqdim etiladi.

Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati