Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bolalarni zo‘ravonlik, shafqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan standart operatsion tartib-qoidalari ishlab chiqilmoqda
Joriy yilning 28 fevral 2 mart kunlari Surxondaryo viloyatida Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil hamda mahalliy hokimliklar, yoshlar tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va UNISEF vakillari tarmoqlararo standart faoliyat tartiblarini muhokama qildilar. Mazkur hujjat bolalarni zo‘ravonlik, shafqatsiz munosabat va ekspluatatsiyadan, xususan, favqulodda vaziyatlarda ham himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan, shu jumladan favqulodda vaziyatlarning bosimiga bardosh bera oladigan va bolalarni eng zarur bo‘lgan vaqtda yetarli darajada himoya qiladigan yana-da kuchliroq milliy va mahalliy tizim yaratish o‘ta zarur. Bolalarni himoya qilish gumanitar yordam faoliyatining barcha sohalariga integratsiyalashgan bo‘lishi kerak va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish, ularga qarshi chora ko‘rish va qayta tiklash harakatlarining markazida bolalar bo‘lishi kerak.

Mazkur sohadagi faoliyat Surxondaryo viloyatida ilk bor sinovdan o‘tkazildi. Treninglar davomida xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan Surxondaryo viloyati tumanlarining Bolalar masalalari bo‘yicha sho‘ba xodimlari malakasi oshirildi.

Kelgusida bolalar va oilalarga ko‘mak berish uchun 500 ga yaqin mutaxassislar tayyorlanishi maqsad qilingan.