Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ombudsmanlarining o‘zaro hamkorligi mustahkamlanmoqda
2022 yilning 4 mart kuni «BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi» mavzusida xalqaro anjumani doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova Qirg‘iziston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari Albert Kolopov bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash, bola huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari ham Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili hamda harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalaridagi o‘rganish tadbirlarining tartibi haqida maʼlumot berdi.

O‘zaro muloqot chog‘ida inson huquqlarini taʼminlash, murojaatlarni ko‘rib chiqishda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi muhim ekanligi qayd etildi va hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati