Mazkur murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olinib, Qarshi shahar “Suvtaʼminoti” MCHJ rahbariga fuqaro N.Sh. mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishdan noqonuniy bo‘shatilganligi va uning huquqlari buzilganligi tushuntirildi. Natijada fuqaro N.Sh. qayta o‘z lavozimiga tiklandi.
Shuningdek, mintaqaviy vakilga Dehqonobod tumani Oqtirma Oqrabod qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.T. Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi ustidan shikoyat qilib, ushbu boshqarmadan 2021 yil avgust oyi uchun rag‘batlantirish to‘lovlarini ololmaganligini bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro Q.T.ga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2021 yil avgust oyida ishlagan 10 ish kuni hisobidan oylik mukofot, oziq-ovqat va yo‘lkira xarajatlari uchun jami 666,3 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i to‘lab berilmagan.
Mintaqaviy vakilning ko‘magida unga ushbu miqdordagi mablag‘ to‘lab berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati