Dastlab mintaqaviy vakil bilan yakkama-yakka tarzda uchrashmoqchi bo‘lgan mahbuslar murojaatlari tinglandi. Mahbuslar Ombudsman vakilining apellyatsiya sudi majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi va sudlarda advokat ishtirokini taʼminlashda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rashdi. Murojaatlar nazoratga olindi.
Muassasadagi oshxona ko‘zdan kechirilganda tergov hibsxona boshlig‘ining oylik tasdiqlangan menyusiga asosan hibsxonada saqlanayotgan mahkum va mahbuslarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va taomnomaga mos berilayotgani maʼlum bo‘ldi.
Tergov hibsxonasining maʼmuriy binosida tergov harakatlari o‘tkazish uchun bitta tergov xonasi ajratilgan bo‘lib, ushbu xonaga videokamera o‘rnatilgan.
Hibsxonadagi 2 ta advokat bilan uchrashuv xonalari kameradan holi bo‘lib, advokatlar bugungi kunda muassasada saqlanayotgan shaxslar bilan hech qanday qarshiliksiz uchrashayotganligi aniqlandi.
Muassasadagi tibbiy bo‘linmaga 10 ta shtat birligi ajratilgan bo‘lib hozirgi kunda vakant o‘rinlar mavjud emas. Tibbiyot xonalari qayta taʼmirlangan va to‘liq tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Dori-darmon zaxirasi bo‘yicha ham kamchilik aniqlanmadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati