Uchrashuvda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida davlat organlari va idoralarga, xususan Ombudsmanga murojaat etish tartibi, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan yangi norma hamda imtiyozlar haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, fuqarolar qabuli ham tashkil etilib, unda bolalar nafaqasini tayinlash, ijtimoiy yordam va boshqa qator masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, fuqaro M.R.ning uning vasiyligiga olingan nabirasiga bolalar nafaqasini tayinlash bo‘yicha murojaati o‘rganilganda uning qonun talablariga to‘liq muvofiqligi aniqlandi. Shundan so‘ng murojaatchiga tegishli hujjatlarini mahallaga taqdim etishi hamda hujjatlari rasmiylashtirilishi bilan unga bolalar nafaqasi tayinlanishi tushuntirildi. Mazkur murojaat mintaqaviy vakil tomonidan nazoratga olindi.
Uchrashuv doirasida hududdagi ijtimoiy yordamga muhtoj 6 ta oilaga homiylar tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati