Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ombudsmanlari o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi
2022 yilning 25 mart kuni Poytaxtimizda o‘tkazilgan Qirg‘iziston, Tojikiston O‘zbekiston va Qozog‘istonda ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni o‘rganishga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiya doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Qirg‘iziston Respublikasiga yangi Ombudsman sifatida tayinlangan Atir Abdraxmatovalarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Eʼtiborli jihati shundaki, bu Qirg‘iziston Ombudsmanining lavozimga taynlanganidan keyingi xorijiy davlatlarga qilgan birinchi tashrifidir.

O‘zaro muloqot davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ishchi-migrantlarning huquqlarini taʼminlanishiga ko‘maklashish kabi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, Ombudsmanlar mamlakatda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, gender tengligini taʼminlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratish va fuqarolar bilan ishlashda Vakil tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan yangi mexanizmlar borasida o‘zaro fikr almashishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati