100 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan qabul davomida sud-huquq, pensiya, uy-joy, bandlik, ijtimoiy yordam, aliment, kredit va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushib, nazoratga olindi. Baʼzi murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Ombudsman shu kuni shaxsiy qabuliga kelgan barcha fuqarolarni qabul qildi.
Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mutaxassislari tomonidan belgilangan jadval asosida dushanba – juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.
Manzil: 100027, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Islom Karimov shox ko‘chasi 16A-uy
Ishonch telefoni: 1096
Elektron pochta: info_ombudsman.uzb@umail.uz
Rasmiy sayt: www.ombudsman.uz
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati