Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi
2022 yil 6 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi raisi Nadin Maenza boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqot davomida dastlab mehmonlarga Ombudsman institutining faoliyat yo‘nalishlari hamda so‘nggi yillarda inson huquqlarini taʼminlash yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish Milliy preventiv mexanizmi doirasida jamoatchilik guruhlari bilan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, ularda fuqarolik jamiyati institutlari va OAVlarining ishtiroki haqida to‘xtalindi. Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha faoliyatida  qilinayotgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berildi.

AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi raisi N.Maenza samimiy muloqot uchun minnatdorchilik bildirar ekan O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarni eʼtirof etdi va o‘zaro hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Maʼlumot uchun: AQSHning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) jahon mamlakatlarida eʼtiqod huquqiga rioya etilishini monitoring qilib boradi. Komissiya diniy erkinlik bo‘yicha dunyodagi vaziyatga oid yillik hisobotlar eʼlon qiladi. Ushbu hisobotlar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lsa-da, ular AQSH hukumati va parlamenti aʼzolari tomonidan muayyan mamlakat bilan hamkorlikka oid qarorlar qabul qilishda inobatga olinadi hamda muayyan davlatlardagi vaziyat haqida xalqaro jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim o‘ringa ega.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati