Akademiya tinglovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Feruza Eshmatova Ombudsman institutining faoliyat yo‘nalishlari, murojaatlar bilan ishlash, qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm hamda so‘nggi yillarda Ombudsman faoliyatiga oid qabul qilingan qonun hujjatlari haqida suhbatlashildi.
Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tkazildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Akademiya tinglovchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi. Ushbu tadbir orqali ishtirokchilar Ombudsmanning vakolatlari va unga kelib tushayotgan murojaatlar, inson huquqlarining kafolatlanishi borasidagi xalqaro va milliy tajriba haqida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati