Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanga murojaat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
2022 yilning 1 yanvaridan Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari doimiy asosda ishlashi belgilangan edi.

Ombudsmanning yangi tayinlangan mintaqaviy vakillari ro‘yxati, ularning tarjimai holi va vazifalari, manzili hamda telefon raqamlari ombudsman.uz rasmiy veb saytiga joylashtirildi.

Endilikda murojaat qilish uchun uzoq masofadan vaqt va mablag‘ sarflab Ombudsman bosh ofisiga poytaxtga kelishga hojat yo‘q.

Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga murojaat qilishning afzalliklari:

✅murojaatni tezda joyiga chiqib o‘rganish;

✅masalani joyida hal etish;

✅ortiqcha vaqt va mablag‘ni iqtisod qilish.

Maʼlumot uchun, hozirda Andijon viloyati va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillar o‘rni vakant.