Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bo‘ka tumanidagi manzil-koloniyada mahkumlarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlandi
Joriy yilning 11 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili R.Kamalov tomonidan Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani hududida joylashgan 43-manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish kunida jami 656 nafar mahkumlarning 362 nafari maxsus shartnoma obyektlarida, 44 nafari qo‘shimcha xo‘jaliklarda, qolgan 250 nafar mahkumlar manzil koloniyada jazo muddatini o‘tashmoqda.

Manzil-koloniyadagi mahkumlarni ish bilan taʼminlash maqsadida tikuvchilik, o‘ymakorlik hamda plastikdan eshik va derazalar ishlab chiqarish sexlari tashkil etilgan.

Koloniyada mahbuslar yotoqxonasi uchun ikkita bino ajratilgan, birinchi bino taʼmirtalab bo‘lganligi sababli barcha mahkumlar ikkinchi binoga joylashtirilgan, shu sababli xonalarga meʼyoridan ortiqcha krovatlar o‘rnatilgan.

Mahkumlar o‘zlari isteʼmoli uchun ochiq maydonga har xil turdagi mahsulotlar hamda manzarali gul ko‘chatlari ekishgan.

Yuvinish xonalarining sanitar holati qoniqarli.

Koloniyada mahkumlar foydalanilayotgan oshxona atroflari sharoitdan kelib chiqib yelim materiallar bilan o‘ralgan. Bu esa sanitariya-gigiyena meʼyori talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Mintaqaviy vakil tomonidan alohida yopiq, barcha sharoitlarga ega oshxona qurish tavsiya etildi.

Qisqa, uzoq muddatli uchrashuvlar uchun ajratilgan bino va xonalar taʼmirtalab holatda, mebellar ham eskirgan,

O‘rganish kunida 3 nafar mahkumlarga intizomiy jazo qo‘llanilib,  izolyatorda jazo o‘tayotganligi aniqlandi. Intizomiy jazo qo‘llanilgan mahkumlar bilan alohida suhbat tashkil etildi.

Manzil-koloniyadagi tibbiy xizmat holati o‘rganilganda, mahkumlarga birinchi yordam uchun dori-dormonlar ajratilgani aniqlandi. Monitoring kuni tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi 2 nafar xodimning betobligi sababli mahkumlarga tibbiyot sohasida bilim va tajribaga ega bo‘lgan mahkum xizmat ko‘rsatayotgani aniqlandi.

Koloniya rahbariga davolash bo‘limiga qo‘shimcha tibbiyot xodimini ajratish hamda yangi ishlab chiqarish sexlari ochish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish tavsiya etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati