O‘zaro muloqot davomida Finlyandiya elchisi Ombudsman instituti vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda Vakilning 2021 yilgi faoliyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Ilkka Ryaysyanen, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi
Bu mening O‘zbekistonga birinchi tashrifim. Qayd etishim lozimki, biz O‘zbekistonda olib borilayotgan inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi islohotlar, xususan, ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu albatta xalqaro hamjamiyat, jumladan yevropa davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun yana-da yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Finlyaandiya O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor.
Ombudsman ofisidagi uchrashuvimiz ham g‘oyat natijador o‘tdi. O‘ylaymanki, kelajakda inson huquqlari sohasida yaqindan hamkorlik qilamiz. Kelajakdagi hamkorligimizni kutib qolamiz.
Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati