Aniqlanishicha, I.G. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “A” bandi bilan aybdor deb topilib, unga Qo‘qon shahar sudining 2022 yil 15 fevraldagi ajrimi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mintaqaviy vakil mahbus I.G saqlanayotgan Farg‘ona shahar 10-sonli tergov hibsxonasiga borib u bilan suhbatlashganida mahbus aybiga iqror emasligini va advokati yetarlicha huquqiy yordam bermayotganidan norozi bo‘ldi. mahbus I.G. Ombudsman mintaqaviy vakilidan unga boshqa advokat berilishida yordam so‘rab murojaat qildi.
Murojaat nazoratga olinib ko‘rib chiqilishi natijasida mahbus I.G.ga himoya uchun boshqa advokat ajratildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati