Maʼlumki, 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida “Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” maqsad qilingan.
Mamlakatimizning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Jahon Savdo Tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi ishtirokini faollashtirish, xorijiy davlatlar bilan yaqin huquqiy munosabatlarni kengaytirish, milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shulardan kelib chiqqan holda, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi global transformatsiya: jarayonlari, jumladan, raqamli transformatsiyalar kontekstida xalqaro huquqning dolzarb masalalarini muhokama qilish, xalqaro huquqning huquq tizimi va fan sifatida jahon miqyosida va xususan, O‘zbekistonda rivojlanish tendensiyalari hamda istiqbollari haqida fikr almashish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Konferensiya xalqaro ommaviy huquq muammolari: zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro huquq fanining rivojlanishi, inson huquqlarini himoya qilish, Jahon savdo tashkiloti huquqi va amaliyotining dolzarb jihatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini huquqiy tartibga solishga oid masalalarni qamrab oldi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati