Sayyor qabulda hibsxonada saqlanayotgan 28 nafar xotin-qizlar bilan birma-bir suhbatlashildi. Mahkumlarning 10 ga yaqin tergov va sud-huquq masalalariga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida murojaat qilgan 2 nafar xotin-qizga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar asosida yengillashtirilib, hibsxonadan chiqarildi.
Shu kuni Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili unga qilingan murojaat asosida ushbu muassasaning tibbiyot bo‘limida davolanayotgan, K.X. bilan uchrashdi. Suhbat davomida bemor mahkumning qattiq depressiya holatida ekani va psixolog yordamiga muhtoj ekanligi aniqlandi. Shundan kelib chiqib, mahkum K.X.ga nisbatan tibbiy ekspertiza o‘tkazilishi masalasida tegishli organlarga murojaat qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati