Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili sayyor qabuli kelgan fuqaro G.Sh. 1980 yilda tug‘ilgan jiyani tuman shifoxonasida surunkali jigar yetishmovchiligi og‘ir darajasi tashxisi bilan davolanayotganini qayd etdi. Shuningdek bemorning moddiy sharoiti og‘irligi sababli uni order asosida Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti shifoxonasida malakali davolanishi uchun amaliy yordam berishni so‘radi.
Mintaqaviy vakilning zudlik bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Farg‘ona shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qilgan murojaati asosida bemorga Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti shifoxonasida bepul davolanishi uchun 2022 yilning 7 may kuni order berildi va shifoxonaga yuborildi.
Shuningdek, qabul davomida 6 nafar fuqaroning murojaatlari ham tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, bolalar maydonchasi tashkil etish, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bolalar uchun nafaqa tayinlash bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Komilov haftaning dushanba va juma 14:00 dan 17:00 ga qadar fuqarolar murojaatlarini qabul qiladi.
(Manzil: Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasi 17-uy)
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati