Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ozodlikka chiqqan shaxslarni qayta ijtimoiy moslashtirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillarining o‘zaro hamkorligi masalasi muhokama etildi
2022 yilning 25 may kuni Demokratiya va inson huquqlari instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda DVV International, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Federal vazirligi (BMZ) tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun “Aholining zaif qatlamlaridan biri bo‘lgan jazoni ijro etish joylaridan ozod bo‘lgan mahqumlarni qayta ijtimoiy moslashtirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusida gibrid formatida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarni o‘tkazishdan maqsad davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik o‘rnatish hamda maqsadli guruhlarga moslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish orqali mahkum va jazoni ijro etish joylaridan ozod qilingan aholining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini himoya qilish bo‘yicha fuqarolik jamiyati tashkilotlarining salohiyatini kuchaytirishdan iborat. Shu bilan birga loyihaning oraliq natijalarini sarhisob qilish va mahkumlar duch keladigan va ozod qilinganlar muammolarini hal qilish yo‘llarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, seminarda davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida sudlangan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga moslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish hamda ularning  huquqlarini kuzatish rejasini tayyorlash va amalga oshirish masalalari, hokimiyatlar qoshidagi maxsus Moslashuv markazlari faoliyati tahlil qilindi. Sobiq mahkumlar bilan ishlash tajribasi to‘g‘risida Toshkent shahar Ijtimoiy moslashuv markazi rahbari va Farg‘ona viloyati Ijtimoiy moslashuv markazi rahbari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati