Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
Joriy yilning 30 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova belgilangan jadval asosida fuqarolar murojaatlarini shaxsan qabul qildi.

Shu kuni o‘tkazilgan fuqarolar qabulida 100 nafarga yaqin murojaatchilar uy-joy, sud-huquq, bandlik, ijtimoiy yordam, aliment, kredit va boshqa masalalar yuzasidan ariza va shikoyatlarini qoldirishdi.

Ombudsman vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga esa huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mutaxassislari tomonidan belgilangan jadval asosida dushanba – juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.

100027, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Islom Karimov shox ko‘chasi 16A-uy 

1096

info_ombudsman.uzb@umail.uz

www.ombudsman.uz

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati