Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman mamlakatimizga tashrif buyurgan Finlyandiya delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi
2022 yilning 27 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti bosh direktori Mariya Liivala boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Ryaysyanen ham ishtirok etdi.

O‘zaro muloqot davomida mehmonlarga mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek Ombudsmanning aholi murojaatlari bilan ishlash hamda qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Suhbat davomida Finlyandiya delegatsiyasi rahbari Mariya Liivala O‘zbekiston Finlyandiya uchun inson huquqlarini himoya qilish sohasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha muhim sheriklardan biri ekanligini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Finlyandiya Ombudsmanlari institutlari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimgini taʼkidlandi.

Shuningdek, o‘tgan yillar davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutining huquqiy maqomi muntazam takomillashib borgani, uning faoliyat qamrovi va vakolatlari kengaygani, inson huquqlarini taʼminlashda Ombudsmanga berilgan yangi taʼsirchan choralar haqida ham to‘xtalindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati