Ayni jihatdan kelib chiqib, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati rahbar va masʼul xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha “Ombudsman Kotibiyati xodimlarining malakasini oshirish” qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
2022 yilning 26 may-1 iyun kunlari onlayn formatda tashkil etilgan mazkur o‘quv kurslarida xodimlar inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va milliy mexanizmlar, qiynoqlar holatlarini aniqlash va oldini olish tizimi: milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy standartlar, O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda undagi asosiy yangiliklarning mazmun-mohiyati va shu kabi boshqa mavzularni o‘zlashtirishdi. Malaka oshirish kursi yakunida xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
Yangi bilimlarni o‘zlashtirish o‘z navbatida ish samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlarni tizimlashtirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshiradi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati