Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili aralashuvi bilan qurilish kompaniyasi fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplab berdi
2022 yilning 18 may kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanovga Nurobod tumani, Navro‘z MFYdagi ko‘p qavatli uyda yashovchi 3 nafar fuqaro R.S., Ya.N. va A.S.lar murojaat qilishdi.

Ular o‘z murojaatida Nurobod tumani, Navro‘z MFYda joylashgan  murojaatda ko‘rsatilgan ko‘p qavatli uy 2021 yil dekabr oyida qurilib foydalanishga topshirilganiga qaramay qisqa vaqt ichida xonadonlarning devor, hammom va oshxona qismlari yaroqsiz holatga kelib qolganligini bildirishgan.

Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili murojaatni joyiga chiqib o‘rganganida, haqiqatdan fuqarolarning eʼtirozlari o‘rinli ekaniga guvoh bo‘ldi.

Diyor Xusanov ushbu murojaat bo‘yicha buyurtmachi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasiga tegishli tartibda xat yuborib, unda bajarilgan sifatsiz qurilish ishlarni darxol tartibga keltirish aks xolda Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatini ko‘zlab sudga moddiy va maʼnaviy zarar undirish bo‘yicha daʼvo ariza kiritilishini qayd etgan.

Shundan so‘ng, buyurtmachi “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi xodimlari murojaatni joyiga chiqib o‘rganib, obyektdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilgan va fuqarolarga yetkazilgan zararlarni xam qoplab bergan.

 Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Axborot xizmati