Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tungi vaqtlarda aholi tinchligini buzayotganlar ustidan Ombudsmanga murojaat kelib tushdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi pm.gov.uz orqali kelib tushgan murojaatda fuqaro M.R. aholi tinchligi buzilayotganidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaatni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Ombudsmanning Surxondaryodagi mintaqaviy vakili Abdirashid Artiqovga yuborildi.

Holat mintaqaviy vakil, Surxondaryo viloyati Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimi va “Bog‘ishamol” MFY raisi tomonidan o‘rganilganda Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, I.Karimov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida “Ulfatlar” kafesi faoliyat yuritayotgani aniqlandi.

Ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar kafeda har kuni 18:00 dan tonggacha baqir-chaqir ovozlari eshitilishi, u yerda insonni sarhush qiluvchi vositalar sotilishi qolaversa, uyning yon tomonlari tadbirkor tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganidan norozi ekanliklarini, bu bolalar tarbiyasiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatishini taʼkidlashdi.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi natijasida “Ulfatlar” kafesi yopildi va fuqarolar osoyishtaligi taʼminlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati