Mazkur murojaat Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanovga o‘rganish va darhol tegishli choralar ko‘rish uchun yuborildi.
Mintaqaviy vakilning murojaati asosida bemorga Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan operatsiya uchun order berildi.
Shuningdek, Narpay tuman hokimiga murojaat qilinib, bemor Y.N. Istiqlol MFYdagi “Temir daftar”ga kiritish va operatsiya xarajatlari uchun mablag‘ ajratish tavsiya etildi.
Natijada Y.N. operatsiyasi uchun 21,5 mln so‘m ajratildi. Bundan tashqari viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan qolgan 7 mln so‘mlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Axborot xizmati