Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
BMT Bosh kotibi birinchi o‘rinbosari O‘zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi
2022 yilning 8 iyun kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, gender tengligini taʼminlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yana-da faollashtirish hamda yana bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yana-da takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni samarali taʼminlash, bir so‘z bilan aytganda qonun ustuvorligini taʼminlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish Ombudsman institutining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

Samimiy suhbat chog‘ida gender tengligi sohasida xalqaro hamjamiyat tajribasi va qo‘llab-quvvatlashi yordamida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda gender tengligini taʼminlash sohasida hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirishga kelishib olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati