Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya  ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat mintaqaviy filialidagi sharoitlar o‘rganildi
2022 yil 24 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili  Shuhrat Jo‘rayev Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya  ilmiy - amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida davolanayotgan shaxslar uchun yaratilgan shart -sharoitlarni o‘rgandi.

Mazkur muassasa binosining tashqi fasadi joriy yilda to‘liq taʼmirlangan. Sentabr oyida ichki qismini taʼmirlash rejalashtirilgan.

Viloyat filialida 118 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritadi.

Filial tarkibida 25 qatnovga mo‘ljallangan ambulatoriya bo‘limi, 20 o‘rinli narkologiya, 50 o‘rinli davolash bo‘limlari hamda 30 o‘rinli Mast xoldagi fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya qilish markazi mavjud.

Monitoring o‘tkazilgan kun hisobiga ko‘ra, filialning 70 o‘rinli statsionar bo‘limida 68 nafar bemor davolanmoqda, shulardan 48 nafari majburiy 20 nafari ixtiyoriy asosda olib kelingan.

Filialda davolanayotgan shaxslar uchun mo‘ljallangan palatalar, oshxona, ovqatlanish joylari, yuvinish xonalari ko‘zdan kechirilganda ularning sanitariya-gigiyena talablariga mos ekanligi aniqlandi.

Bemorlarga autsorsing xizmati orqali uch mahal ovqat tayyor holda yetkazib beriladi.

Davolanuvchi shaxslar uchun kutubxona, ikkita televizor ko‘radigan, shaxmat-shashka o‘ynash uchun alohida joylar mavjud.

Monitoring doirasida mazkur muassasada davolanayotgan shaxslar bilan jamoaviy uchrashuvlar ham o‘tkazildi.

Shuningdek, shu kuni 26 iyun narkomaniyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri ham tashkil etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati