Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
Joriy yilning 30 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova fuqarolar murojaatlarini shaxsan qabul qildi.

50 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etgan qabul davomida uy-joy, bandlik, ijtimoiy yordam, firibgarlik, sud-huquq, kredit va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushib, nazoratga olindi. Baʼzi murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularni o‘rganish va inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha ishga kirishildi. Joyiga chiqib o‘rganish talab etiladigan murojaatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuborildi.

Manzil: 100027, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Islom Karimov shox ko‘chasi 16A-uy

Ishonch telefoni: 1096

Elektron pochta: info_ombudsman.uzb@umail.uz

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati