Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qo‘qondagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga hamshira shtati ajratilmagan
2022 yilning 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Qo‘qon shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi.

Vaqtincha saqlash hibsxonasi va viloyat IIB huzuridagi situatsion markaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tartibda aloqa o‘rnatilgan.

Aniqlanishicha, ushbu vaqtincha saqlash hibsxonasi 50 nafar shaxslarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, 12 ta kameradan iborat. Monitoring o‘tkazilgan kunda 46 nafar shaxs saqlanayotganligi aniqlandi. Ular orasida 2 nafari ayol, voyaga yetmaganlar mavjud emas.

Monitoring tashrifida vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlanayotgan 13 nafar shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida mahbuslar hibsxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yo‘qligini bildirishdi.

Monitoring davomida tergov harakatlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalar, advokat xonasi, oshxona ko‘zdan kechirilganda kamchiliklar aniqlanmadi.

Muassasadagi tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi ko‘zdan kechirilganda kerakli dori-darmonlar mavjudligi aniqlangan bo‘lsada, u yerda hamshira shtati ajratilmagani maʼlum bo‘ldi. Mazkur muassasada saqlanayotgan shaxslarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi borligi nuqtai nazaridan hamshira o‘rnini ajratish tavsiya qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati